Administratorga yuborilgan so‘rov bilan nima qilish kerak ?
“So‘rovlar” bo‘limida administrator xodimlarning barcha murojaatlarini ko‘radi: ta’til, dam olish kunlari, kasallik varaqasi, xizmat safarlari, ortiqcha ishlar va boshqalar.
Nima qilsa bo’ladi :
Barcha so‘rovlarni ko‘rib chiqish — yangi, tasdiqlangan va rad etilganlarini.
Turi (masalan, ta’til, ortiqcha ish) va holati bo‘yicha filtrdan o‘tkazish.
Har bir so‘rovning tafsilotlarini ochish: sanalar, izohlar, biriktirilgan fayllar.
4. So‘rov bo‘yicha qaror qabul qilish — so‘rovni tasdiqlash yoki rad etish.
5. Tasdiqlash yoki rad etish jarayonida izoh qo‘shish (masalan, rad etish sababini ko‘rsatish).
Muhim: administrator so‘rov statusini o‘zgartirganidan keyin, xodim darhol ilovada bildirishnoma oladi.